TAJRIBA STANSIYASI — qishloq xoʻjaligi boʻyicha i. t. lar olib boradigan muassasa. Q. x. ekinlarini yetishtirishda va chorvachilikda ilmiy jihatdan asoslangan usularni yaratish uchun ishlab chiqarish. ga yaqin boʻlgan sharoitlarda tajribalar oʻtkazadi. Dastlabki qishloq xoʻjaligi. tajriba styalari Yevropa mamlakatlarida, xususan Angliya va Fransiya (1835), Germaniya (1852) va Rossiyada (1886) paydo boʻlgan. Oʻzbekiston hududida bunday styalar 19-a. oxirlarida tashkil etila boshlagan. 1898-y. da Toshkent yaqinida Turkiston qishloq xoʻjaligi stansiyasi tashkil etildi. 1914-y. dan Mirzachoʻl, Andijon qishloq xoʻjaligi Tajriba stansiyasi larida gʻoʻza navlari sinovi oʻtkazilgan. Keyinchalik 1913-y. da Fargʻona T. ye., 1929-y. d Turkiston seleksiya styasi tashkil etildi. Keyinchalik bu stya asosida Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. instituta tashkil topdi. I. t. ishlarining xarakteriga qarab, tarmoq, kompleks va tajribaseleksiya styalarga boʻlinadi. Tarmoq Kishloq xoʻjaligi Tajriba stansiyasi dehqonchilik yoki chorvachilik yoʻnalishida i. t. ishlarini olib boradi. Ular koʻpincha tarmoq ilmiytadqiqot intlari yoki oliy oʻquv yurtlari tarkibida ishlaydi. Kompleks qishloq xoʻjaligi Tajriba stansiyasi koʻp tarmoqli boʻlib, viloyat qishloq xoʻjaligi. tajriba styalari hisoblanadi va shu viloyat qishloq xoʻjaligi. korxonalari uchun xizmat koʻrsatadi, fan va ilgʻor tajriba yutuqlarini targʻibot qiladi va ishlab chiqarishga tatbiq etadi. Tajribaseleksiya stansiyalari i. t. intlari huzurida tashkil etiladi va qishloq xoʻjaligi. ekinlarining yangi navlarini yaratish, muayyan tuproqikdim sharoitlari uchun nav agrotexnikasini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Ularning qaramogʻida tajribalar oʻtkazuvchi eksperimental xoʻjaliklar ish olib boradi. Bu xoʻjaliklarda ishlab chiqarish. tajribalari oʻtkaziladi va uning natijalari toʻgʻridantoʻgʻri KX ishlab chiqarish korxonalariga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Abdukarim Zikiryoyev.