«SUNANI NASOIY» — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Muhaddis Nasoiyning asari. Nasoiy birinchi boʻlib «asSunan alKubro» («Katta hadislar toʻplami»)ni yozgan. Soʻngra Ramla amirining iltimosiga binoan, uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga «as Sunan asSugʻro» («Kichik toʻplam» yoki «alMujtabo», yaʼni «tanlangan hadislar toʻplami») deb nom qoʻygan. Ulamolar fikricha, «Sunan» nomi bilan yozilgan barcha hadis toʻplamlaridagi hadislarning hammasi sahih emas, balki ularda zaif hadislar ham mavjud. «Sunan»ga Imom Jaloluddin Suyutiy, shayx AbulHasan Muhammad alHanafiy asSindiy va Shayx Sirojiddin Umar ashShofiʼiy sharh bitgan.