SUNDAN TILI

SUNDAN TILI — avstronez tillaridan biri, Indoneziyaning Gʻarbiy Yava viloyatida, Sumatra o. jan. da tarqalgan; soʻzlashuvchilarning umumiy soni 21 mln. kishidan ortiq. Asosiy lahjalari: badu (eng qad.), banten, bogorkravang, chianjur, kuningan, chirebon hamda adabiy tilga asos boʻlgan Bandung sh. shevasi. Oʻziga xos fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bor. Leksikasida onomatopoetik (tasviriy) soʻzlar anchagina; unga avvalo sanskritdan, keyinchalik arab, yava, indonez va niderland tillaridan koʻplab soʻzlar oʻzlashgan.

Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-a. larga mansub boʻlib, sanskritda bitilgan; keyin qad. hind yozuvlaridan kavi qoʻllangan; 1ba. dan arab alifbosi asosidagi jajavan yozuvi, 17-a. 2-yarmidan chacharakan (yava yozuvi) tarqalgan. 19-a. oxiridan Sundan tili uchun lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Sundan tilida boy adabiyot mavjud, boshlangʻich maktablarda dars oʻtiladi, radioeshittirish olib boriladi, gazetalar chop etiladi.


Lotin alifbosida maqola: SUNDAN TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YOZUV
INDONEZIYA
HINDISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты