TAYMIR YARIM OROLI

TAYMIR YARIM OROLI — Osiyo ning eng shim. dagi yarim orol (Krasnoyarsk oʻlkasida). Mayd. 400 ming km2 (RFdagi eng katta ya. o.). Oʻrta Sibirning shim. da, Kara dengizining Yenisey qoʻltigʻi bilan Laptevlar dengizining Xatanga qoʻltigʻi orasida. Jan. da Oʻrta Sibir yassitogʻligi bilan chegaradosh. Tabiatiga koʻra uch qismga boʻlinadi:

1) sohil boʻyi denudatsion kambar tekisligi; asosan, toʻrtlamchi davr yotqizikdaridan tarkib topgan. Relyefi — sertepa tekislik. Tundra landshaftlari asosiy oʻrin tutadi,.

2) Birranga togʻlari shim. sharkdan jan. garbga tomon oʻzaro parallel yoʻnalgan tizmalardan iborat. Uz. 800 km, eni 250 km. Eng baland joyi — Birranga togʻi (1146 m.). Uz. 5 km gacha boʻlgan bir necha togʻ muzligi bor (umumiy mayd. 40 km2);

3) Shim. Sibir (Taymir, YeniseyXatanga) pasttekisligi. Tuz gumbazlari uchraydi. Relyefi — sertepa tekislik, mutlaqbal. 50—200 m. T. ya. o. ning iklimi qahraton sovuq; zamini doimiy toʻngibyotadi. Yillikyogʻin 120—250 mm. Yanv. ning oʻrtacha trasi —30°, —35°, iyulniki G—12°. Eng past tra —61°, eng yuqori tra 30°. Daryolari: Pyasina, Yuqori va Quyi Taymira, Xatanga. Koʻl koʻp. Aholi koʻproq bugʻuchilik bilan shugʻullanadi. Taymir toshkoʻmir havzasi va koʻplab tuz konlari bor.


Lotin alifbosida maqola: TAYMIR YARIM OROLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
YER
TOSHKENT
SIBIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты