SUPER… (lot. super — yuqorida, ustida) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning birinchi qismi:
1) biror narsaning oliy sifatli, yuqori darajali ekanligini (mas, superelita);
2) muayyan narsaning ustida, yuqorida joylashganlikni (mas, superfinish, superoblojka);
3) bosh, asosiy degan maʼnoni (mas, superarbitr, supermarket) bildiradi.