TAKATOSH RASMLARI

TAKATOSH RASMLARI — Molguzar togʻining shim. yon bagʻridagi Takatosh dara qoyatoshlariga oʻyib ishlangan tasvirlar. 1956-y. da A. Muhammadjonov tomonidan topilgan; 1970—71 y. larda arxeolog A. Kabirov tomonidan oʻrganilgan. 1000 dan ortiq rasmlar jez davrining soʻnggi davri (2ming yillik 2yarmi — 1ming yillikning boshi)ga mansub (keyingi davrlarda ishlanganlari ham bor), tosh, jez va temir buyumlar bilan urib, sxematik, kontur, soya uslubida bezakli kilib oʻziga xos ishlangan. Takatosh rasmlarida qurollangan kishilarning yovvoyi hayvonlarni ov qilishi, diniy marosimlar ijrosi haqida turli manzaralar, koʻplab odamlar, yovvoyi va uy hayvonlari, turli buyumlar tasvirlangan. Takatosh rasmlari ibtidoiy va qad. sanʼatning nodir namunasi, shuningdek, muhim madaniy va tarixiy manba sifatida qimmatlidir.


Lotin alifbosida maqola: TAKATOSH RASMLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
HINDISTON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты