SUPREMATIZM

SUPREMATIZM (lot. sypremus — eng yuqori, oliy) — 20-a. boshlarida shakllangan avangard sanʼat yoʻnalishi. Abstrakt sanʼat turi sifatida asarlari tasviriylikdan holi, turli rang va turli hajmdagi sodda handasiy shakllar (toʻrtburchak, uchburchak, yoʻlsimon chiziq va b.)ning asimmetrik uygʻunlashuvidan hosil boʻladi. Asoschisi K. S. Malevich; V. Kandinskiy, P. Sezann taʼsirida xandasiy abstrakt izlanishlarni birlashtirishga harakat qildi («Qora kvadrat», «Dinamik suprematizm», 1914 va b.). S. vakillari asimmetrik kompozitsiyalarda rangli, handasiy shakllarning tartibi va joylashuvi orqali asarlarning ichki harakatini koʻrsatishga intildi.


Lotin alifbosida maqola: SUPREMATIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RANG-TASVIR
FRANSIYA
ROSSIYA
YAPONIYA
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты