TAKRORIY EKINLAR

TAKRORIY EKINLAR — 1) daladagi asosiy ekin hosili oʻribyigʻib olinganidan keyin oʻrniga ikkinchi marta ekiladigan ekinlar; ekilgan yilining oʻzidayoq hosil beradi. Yerdan unumliroq foydalanishga va maydon birligidan koʻproq mikdorda qishloq xoʻjaligi. mahsuloti olishga imkon beradi. Kuzi iliq, uzoq davom etadigan sernam rnlarda va sugorma dehqonchilik mintaqalarida qoʻllaniladi. Oʻrta Osiyoda angʻiz ekinlar ekiladi (mas., kuzgi arpa oʻrib olinganidan keyin oʻrniga boshqa don ekini — makkajoʻxori, joʻxori, noʻxat, mosh ekiladi) va 2hosil olinadi (don yoki koʻk massa). Bu joylarda oʻrib olinadigan ekinlar ham ekiladi. Asosiy ekin fiziologik yetilmasdan (mas., koʻk ozuqa uchun kuzgi javdar) oʻrib olinganidan keyin oʻrniga ozuqa uchun makkajoʻxori ekish ham mumkin;

2) bir ekinning oʻzini bir maydonga bosim ikki yoki bir necha yil mobaynida qayta ekish. Gʻoʻza, iyuli, bugʻdoy va b. ekinlar yetishtiryshga ixtisoslashtirilgan zonalarda keng qoʻllaniladi. Oʻgʻitlar yetarli va sugoriladigan sharoitlarda takror ekilganda hosildorlik pasaymaydi. Bu usul almashlab ekishga kirmaydigan uchastkalarda ham qoʻllaniladi. Mas., bir dalada surunkasiga 2—3 yil kanop yetishtirish shular jumlasiga kiradi.


Lotin alifbosida maqola: TAKRORIY EKINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
ALMASHLAB EKISH
DEHQONCHILIK
GʻOʻZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты