TAKSONOMIYA

TAKSONOMIYA (yun. taxis — joylanish, qator va nomus — qonun) — sistematikaning organizmlarni tasnif qiladigan nazariy va amaliy boʻlimi. Terminni shved botanigi O. Dekandol (1813) tavsiya etgan. Baʼzan Taksonomiyadan sistematika va tasnif sinonimi sifatida foydalaniladi, lekin sistematika, odatda, organizmlarning xilmaxilligi va ularning oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi, Taksonomiya esa tasnif prinsiplari, usullari va qonuniyatlarini oʻrganadigan fan hisoblanadi. Tasnifning anʼanaviy usullari organizmlarning oʻxshashligi va ular belgilari gomologligini hamda kelib chiqishi umumiyligini aniqlashga asoslangan. Taksonomiyaning asosiy vazifasi organizmlar tabiiy tasnifini ishlab chiqarishga imkon beradigan taksonomik kategoriyalar va ular iyerarxiyasi toʻgʻrisida ratsional taʼlimot yaratishdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: TAKSONOMIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BIOLOGIYA
SISTEMATIKA
IBN SINO
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты