TALABA

TALABA (arab. — izlovchi, oʻrganuvchi) , student — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va b. ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.

Oʻzbekistonda Talabadan farkdi ravishda mamlakatdagi oʻrta maxsus taʼlim maskanlarida tahsil olayotgan yoshlar oʻquvchi, oliy harbiy oʻquv yurtlarida bilim olayotganlar tinglovchi, oʻrta harbiy oʻquv yurtlarida oʻqiyotganlar kursant deyiladi.

Turkistonda islom dini yoyilgach (7 — 8-a.), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi Talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan 10-a. lardan ularda tahsil olayotgan kishilargina Talaba deyila boshlagan. Yevropada 11—13-a. larda untlar tashkil topgandan soʻng, ularda faoliyat koʻrsatadigan xar bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik untlarda ukituvchilar uchun magistr, professor va b. ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bulgan.

Talaba jamiyat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi va, ayni vaqtda, har bir mamlakat ilmiyintellektual salohiyatining darajasini bildirib, rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Chunki mamlakat iqtisodi va madaniyatining yuksalishi, xalq xoʻjaligiga ilmfan yutukdari joriy etilishi uchun oliy maktablarning Talaba lari chuqur nazariy bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega bulishlari lozim. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga Talaba soni kup buladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda Talabalar miqdori sezilarli darajada ortdi. Mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda akademik litsey va kasbhunar kollejini bitirgan har bir kishining Talaba boʻlishiga haqqi bor. T. davlat hisobidan, shuningdek, shartnoma asosida uz yonidan tahsil koʻrishi mumkin. Mamlakatimizda Talabalar bakalavriat va magistratura singari 2 bosqichda oliy taʼlim oladilar.

Talaba xar bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar kismi xisoblanadi. Bevosita ilmfanni uzlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun Talabalar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham Talaba larning chuqur kasbiy hamda maʼnaviyaxloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi. Oʻzbekistonda Talaba yoshlarning mamlakat xayotida faol ishtirok etishlarini taʼminlash, milliy istikdol gʻoyasini toʻliq egallab olishlariga imkoniyat yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmokda. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatida qatnashish Talaba larning vatanparvar shaxe sifatida shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqsa. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda Talabalarni ijtimoiy jihatdan ximoya qilish uchun ularning barchasiga stipendiya beriladi, yashash joyiga muhtoj Talabalar yotoq bilan taʼminlanadi, yoshlarga turli ilmiy, badiiy va sport toʻgaraklarida ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan. Talabalar oʻrtasida har 2 y. da 1-marta universiadalar oʻtkazib turilishi ularning jismonan sogʻlom, maʼnaviy jihatdan barkamol boʻlib oʻsishlariga maʼlum darajada yordam beradi. 2002/03 oʻquv yili Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida 232254 Talaba taʼlim odsi.

Qozoqboy Yoʻldoshev.


Lotin alifbosida maqola: TALABA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
ISLOM
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты