SURIKOV Vasiliy Ivanovich

SURIKOV Vasiliy Ivanovich [1848.12(24).1, Krasnoyarsk — 1916.6(19).3, Moskva] — rus rassomi, rang-tasvir ustasi. Peterburg BA da taʼlim olgan (1869—75). Oʻqish davridayoq akademik sanʼat uslublaridan voz kechgan, asarlariga hayotiy lavhalar kiritib, ularning taʼsirchanligiga erishgan, meʼmoriy obidalarni tarixiy haqqoniy tasvirlashga eʼtibor bergan. 1877-y. dan Moskvada yashagan. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Avstriya, Shveysariyada bulgan. Surikov oʻtmish tarixni eʼzozlab, shu tarix saboklarida zamonaviy masalalarni koʻrishga harakat qildi. Asarlarining koloriti ham tiniq ranglar hisobiga ochilgan, rang surtmalari ritmi asar gʻoyasini yanada chuqurlashtiradi. «Oʻqchilar qatl etilgan tong» (1881), «Menshikov Beryozovoda» (1883), «Boyar xotin Morozova» (1887), «Qorshaharchaning bosib olinishi» (1891), «Sibirning Yermak tomonidan zabt etilishi» (1895), «Suvorovning Alpdan oʻtishi» (1899) va b. S, shuningdek, portretlar («Sibir goʻzali. Ye. A. Rachkovskaya», 1891; «Stepan Razin», 1903—10; «Avtoportret», 1913), akvaredda manzaralar yaratgan. Oʻzbekiston sanʼat muzeyida Surikov asarlari saqlanadi (mas, «Qatlga olib ketilayotgan oʻqchining qayligʻi», 1879 va b.). Moskvadagi badiiy intga Surikov nomi berilgan. Krasnoyarekda Surikovning uy-muzeyi bor.

V. I. Surikov. «Qorshaharchaning bosib olinishi» (1891).


Lotin alifbosida maqola: SURIKOV Vasiliy Ivanovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
ITALIYA
TARIX
GERMANIYA
RANG-TASVIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты