SURXON

SURXON 142 — serhosil pomidor navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik in-tining Surxondaryo tayanch punktida navlararo chatishtirish usuli bilan yaratilgan (M. X. Aromov, V. F. Pivovarov, L. Joʻrayeva, N. P. Cheremushkina; 1991). Poyasi baquvvat, kam shoxlangan, bal. 100—155 sm, serbarg, barg tuzilishi kartoshka bargiga oʻxshash. Mevasi yirik (120—130 g), yumaloq, yassiyumaloq, tekis, qizil. Tarkibida 5,8% quruq modda bor. Koʻchati urugʻdan unib chiqqanidan hosil pishishiga qadar vegetatsiya davri 110 — 115 kun. Asosan, parniklarda yetishtirilgan va pikirovka qilib oʻstirilgan koʻchatlari dalaga 10—25 apr. da ekiladi (oʻrtagi va kechki muddatlarda 1iyulgacha ekish mumkin). Gullaganidan keyin hosili 50—55 kunda pishadi. Hosildorligi 450—500 s/ ga. 1994-y. da Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: SURXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALMASHLAB EKISH
KARTOSHKA
BUXORO VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты