SURXON-ShEROBOD QATOR TEPALARI

SURXON-ShEROBOD QATOR TEPALARI — Surxondaryodagi qator tepalar. Surxondaryo va Boysun botiqlari orasida joylashgan. Jan. gʻarbdan shim.

gʻarb tomon choʻzilgan. Tarkibidagi KalifSherobod tepasi (jan. gʻarbda Qorabozor dovonidan boshlanib, shim. sharqsa Sherobod daryosigacha davom etgan. Tepaning oʻrtacha bal. 900 — 1000 m, eng baland joyi 1126 m. Sherobod daryosidan sharqda SherobodSariqamish tepasi boshlanadi. Uning shim. qismi deyarli meridian boʻylab choʻzilgan. Eng baland joyi shim. qismida (1216 m). SherobodSariqamish tepasining jan. sharqida Hovdogʻ (bal. 557 m), Uchqizil (414 m) va b. tepalar joylashgan boʻlib, ularning nisbiy bal. 40—100 m. Hovdogʻ tepaligi Surxondaryo voqasini Sherobod vohasidan ajratib turadi. Tepalar juda yemirilgan, yon bagʻirlari koʻplab soy va jarlar bilan kesilgan, ularni kesib oʻtgan baʼzi daryolar (Sherobod, Oqqopchigʻay va b.) chuqur daralar hosil kilgan.

Tepalar tektonik jihatdan antiklinal va braxiantiklinal strukturadir. Ular boʻr, paleogen, neogen va quyi toʻrtlamchi davrning gil, ohaktosh, qumtosh, dolomit, mergel, konglomeratlaridan tuzilgan. Tepalarning shakllanishi neogen davrida boshlanib, toʻrtlamchi davrda ham davom etmoqda. Iklimi keskin kontinental, yogʻin kam (130—250 mm), surqoʻngʻir, boʻztuproklar tarqalgan. Oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra, turls efemerlar oʻsadi. Tabiiy boyliklardan neft, tabiiy gaz, mineraltermal yer osti suvlari, yil boʻyi foydalaniladigan yaylovlar, sovuq va issiq fasllarda chorva mollari saqlanadigan gʻorlar bor. Murod Mamatqulov.


Lotin alifbosida maqola: SURXON-ShEROBOD QATOR TEPALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
SURXONDARYO VILOYATI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты