TAMBOV VILOYATI

TAMBOV VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 27 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 34,3 ming km2. Aholisi 1179,6 ming kishi (2002), asosan, ruslar (97,2%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. 23 tumanga boʻlingan, 8 shahar, 12 shaharcha bor. Markazi — Tambov sh. Boshqa yirik shaxdrlari: Michurinsk, Morshansk. Shahar aholisi 57,2%.

Tabiati. Tambov viloyati Sharqiy Yevropa te kisligining markazida joylashgan va OkaDon (Tambov) pasttekisligining markaziy qismini egallaydi. Jar kup. Oʻrtacha bal. 110 — 115m (eng baland joyi 219 m). Foydali qazilmalari: har xil gillar, ohaktosh, qumtosh va fosforitlar. Dare vodiysida torf yotqiziqlari bor. Iklimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi — 10,5°, — 11,5°, iyulniki 19,4°—20,5°. Yillik yogʻin 450—500 mm. Vegetatsiya davri 185 kun. Daryolari: Sna va uning irmoklari. Hududining 10% oʻrmon.

Xoʻjaligi. Tambov viloyati — industrialagrar rn. Sanoat ishlab chiqarishida ogʻir sanoat — mashinasozlik, metallsozlik (yalpi sanoat mahsulotining 45%), yengil sanoat (29%) va oziq-ovqat sanoati (26%) tarmokdari alohida oʻrin tutadi. Kime mashinasozligi korxonalari Tambov («Tambovpolimermash»), Morshansk va Pervomayskiyda («Ximmash»); Tambovda vagon taʼmirlash, Michurinskda lokomotiv taʼmirlash zdlari bor. Tambov, Michurinskda avtomobil va traktor ehtiyot qismlari, Morshanskda teplovozlar uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Anilinbuyoq, texnik rezina buyumlari zdlari (Tambov), qad. sanoat tarmoklaridan movut kti (Rasskazovo, Morshansk), tikuvchilik fkalari (Tambov, Michurinsk, Morshansk), un, shakarqand, moy, goʻsht, tamaki korxonalari ishlab turibdi.

Q. x. da gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Chorvachiligi sutgoʻshtga ixtisoslashgan. Xoʻjaliklarida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Tambov viloyati uzunligi 736 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 5120 km. Sna daryosida kema katnaydi. Asosiy avtomagistrallari: Moskva — Tambov — Volgograd, Tambov — Yeles — Oryol. 3 oliy oʻquv yurti, jamoat kutubxonalari, filarmoniya bor. 25 taga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi faoliyat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: TAMBOV VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
UKRAINA
ROSSIYA
BELORUSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты