SUTPECHAK

SUTPECHAK, ilonpechak (Supapchum acutum L.) — sutpechakdoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi chirmashib oʻsadi. Boʻyi 400—300 sm. Barglari yuraksimon, uch burchakli, bandli, poyada ketmaket joylashgan. Gullari oq yoki pushti, soyabon toʻpgulga yigʻilgan. Nihollari apr. mayda usadi, iyulsent. da gullab mevalaydi. Urugʻidan hamda ildiz bachki va kurtaklaridan koʻpayadi. Bir tupi 1500 dan koʻproqurugʻ beradi. Urugʻlari kuzda katta masofalarga tarqaladi. Urugʻi 15— 35°da koʻkaradi. Ildizi oʻq ildiz, J5—30 sm chuq. da kurtakli va bachki ildizlar hosil qiladi, shulardan yangi novdalar rivojlanadi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlar, sernam joylar, sugʻorish shoxobchalari, bogʻlarda oʻsadi. Sutpechak gʻoʻza tunlami va b. zararkunandalar koʻpayishi uchun makon.

Kurash choralari: angʻiz yumshatiladi, yer chuqur shudgor, ekinlar kulvitatsiya, oʻtoq qilinadi. Gʻalla ekinlariga 2,4qD tipidagi gerbitsidlar purkaladi.


Lotin alifbosida maqola: SUTPECHAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BEGONA OʻTLAR
TOSHKENT
XITOY
ALMASHLAB EKISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты