SUXARTO

SUXARTO (Suharto) (1921.8.6, Kemusu, Jokyakarta yaqinida) — Indoneziya davlat arbobi, general. Indoneziya xalqining Gollandiya mustamlakachilariga qarshi qurolli kurashida qatnashgan (1945—49); Indoneziyaga tegishli Gʻarbiy Irianni ozod etish uchun tuzilgan qoʻshinlarga boshchilik qilgan (1962—63). Suxarto zaxiradagi strategik piyoda qoʻshinlar qoʻmondoni (1963—65), keyinchalik hokimiyatni harbiy guruhlar boshqargan paytda piyoda qoʻshinlar vaziri (1965-y. 30 sent.). 1966-y. martdan hokimiyat tepasida. Suxarto davrida utkazilgan iqtisodiy islohotlar tufayli Indoneziya ijtimoiyiqtisodiy qoloklikdan chiqqan. Suxarto «oilani rejalashtirish», yaʼni tugʻilishni cheklash haqidagi dasturga imzo chekkan (1990-y. 2 iyun). 1997-y. da Osiyo bozorlaridagi moliyaviyiqtisodiy inqiroz Indoneziyaga katta zarar yetkazgan, mamlakatda siyosiy tanazzul yuz bergan (1998-y. may). S. isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: SUXARTO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INDONEZIYA
XITOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
ROSSIYA
IKKINCHI JAHON URUSHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты