SUYUQ SHISHA, eruvchan shisha — natriy yoki kaliy silikatlarning suvdagi eritmasi. Umumiy formulasi Me2O nSiO2 (bu yerda Me — Na yoki K). Kimyoviy faol, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Kislotabardosh sement, silikat boʻyoq, gʻovak silikat mahsulotlar (filtrlar va h. k.), issiqni va tovushni izolyatsiyalovchi materiallar, olovbardosh kimyoviy tolalar ishlab chiqarish. da, yogʻochni chirishdan saklashda, yelim sifatida (silikat yelim) va b. maqsadlarda keng qoʻllanadi (yana q. Shisha).