SUYUQLIK

SUYUQLIK — moddaning qattiq va gazeimon holatlari oʻrtasidagi agregat holat. Suyuqlikning baʼzi xossalari gaznikiga, baʼzi xossalari qattiq jismnikiga oʻxshab ketadi. U qattiq jismga oʻxshab maʼlum hajmni egallaydi, idishga quyganda esa, gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra S. 1 komponentli (sof), 2 komponentli (binar), 3 komponentli va koʻp komponentli (4 va undan ortiq komponentli) suyuq aralashmalar (eritmalar)ga boʻlinadi. Fizik tabiatiga koʻra Suyuqlik normal (odatdagi), suyuq kristallar va kvant suyukliklar (suyuq 4Ne, 3Ne va ularning eritmalari) ga boʻlinadi. Odatdagi Suyuqliklar faqat bitta fazaga ega. Geliy «Ne ikki suyuq fazada — normal va oʻta oquvchan fazalarda, suyuk, kristall moddalar esa normal va bir yoki hatto bir necha anizotrop fazalarda boʻlishi mumkin. Normal Suyuqlik tashqi taʼsir boʻlmaganida makroskopik bir jinsli va izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan Suyuqlik gazga oʻxshaydi, ammo anizotrop kristall qagtiq jismlardan keskin farq qiladi. Amorf qattiq jismlar (mas, shisha) oʻta sovitilgan Suyuqlik boʻlib, odatdagi Sdan kinetik xarakteristikalari son qiymatlari bilan farq qiladi. Agar Suyuqlik qizdirila boshlansa, uning issiqlik oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari gazlarning shunday xossalariga yakinlashib boradi. Kristallanish t-rasiga yaqinlashganda esa, kupchilik odatdagi Suyuqlik larning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos ravishdagi qattiq jismlarning shunday xossalariga yaqinlashadi.

Slarda molekulalar birbiriga yaqin turadi. Shuning uchun xar bir molekula oʻzining atrofidagi qoʻshni molekulalar bilan oʻzaro taʼsirlashib turadi. Suyuqlik molekulalari gaz molekulalari kabi erkin harakat qilmasdan, qandaydir vaqt oraligʻida oʻtroq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida tebranib turadi. Vaqtvakti bilan S molekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan oʻz oʻlchamlariga yaqin boʻlgan masofacha uzoqlikka oʻtib, yangi muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda S molekulalari Suyuqlik hajmi boʻyicha betartib ravishda sekinlik bilan koʻcha boshlaydi. S aniq hajmga ega boʻlishiga qaramay, maʼlum shaklni saklab qola olmaydi va idishning oʻzi egallagan qismining shaklini oladi.

Moddalarning faza holati, asosan, tra T va bosim R ga bogʻliq. Molekulalarning oʻzaro taʼsiri oʻrtacha potensial energiyasining ularning oʻrtacha kinetik energiyasiga nisbatan faza holatini aniklaydigan kattalik (yeT, R) hisoblanadi. Qattiq jismlar uchun (yeG, R)»gʻ; bu molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchining katta ekanligini va u molekulalarni muvozanat holat yaqinida ushlab turishini koʻrsatadi. Gazlar uchun (yeT, R)«gʻ; bu molekulalarning tortishish kuchi ularni birbiriga yaqin holatda ushlab tura olmasligini ifodalaydi. S uchun (gT, R)~gʻ. Bu esa Suyuqlikni tashkil etuvchi molekulalarning uzluksiz betartib harakati va molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlarining qoʻshgan hissalari deyarli bir xil ekanligini koʻrsatadi.

Suyuqlikning makroskopik xossalari mexanika, fizika, fizikkimyo uslublaridan foydalanib oʻrganiladi. Mac, muvozanat holatdagi Suyuqlikning mexanik va issiklik xossalari termodinamika uslublari; muvozanat holatdan chiqarilgan Slarda sodir boʻluvchi jarayonlar qaytmas jarayonlar termodinamikasi; yaxlit muhit deb qaraluvchi Suyuqlik harakati gidrodinamika; suyuq metallarning oʻziga xos oqimi magnit gidrodinamika uslublari orqali oʻrganiladi.

Abror Noʻmonxoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: SUYUQLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QATTIQ JISM
MAYDON KVANT NAZARIYASI
KRISTALLAR
KIMYO
MODDANING AGREGAT HOLATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты