TANGA, tangalar (turkiy «tam/a» soʻzidan) — metall (oltin, kumush, mis; hoz. vaqtda misning turli krtishmalari, nikel va alyuminiy)dan yasalgan pul birligi, muomala va toʻlov vositasi. Tuxumsimon yoki dumaloq shakli foydalanish uchun qulay. Tangalar aversi (yuzi) va reversi (orqa tomoni) va gurti (cheti) orqali bir-biridan farklanadi.
Tangalar deyarli bir vaqtda (mil. av. 8 — 7-a.) Lidiya davlati (Kichik Osiyo)da va Egina o. (Yunoniston)da paydo boʻlgan. Tanga pultovar munosabatlarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan va tovar ayirboshlashda ekvivalent rolini oʻynagan boshqa buyumlar (chorva mollar, don, chigʻanoq, mato va b.)dan farq qilib, universal toʻlov vositasi vazifasini bajargan. Qadimgi Tangalar tasvir (hukmdorning tasviri, unvoni, ismi, gerbi) va izohlar (tanga chiqqan davlat va shaharning nomi, yili) bilan zarb qilingan.
Oʻzbekiston hududida dastlabki metall Tangalar mil. av. 6-a. da Doro I davrida zarb etilgan, ogʻirligi.8,4 g ni tashkil etgan «darik» deb nomlangan tilla tangalar, deb taxmin qshAnadi. Mil. av. 3 — 1-a. larda va undan keyingi davrda zarb etilgan Tangalar namunalari hrzirgacha saklanib qolgan. Ular jumlasiga Antiox 1 (mil. av. 281—261-y. lar), Yevtidem 1 (mil. av. 235—200-y. lar), Demetriy I (mil. av. 200—185-y. lar), Yevkratid I (mil. av. 171 —155-y. lar), Mitridat 11 (mil. av. 124—88 y. lar) va Germey (mil. av. 75—55 y. lar) Tlari kiradi. 8-a. ning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi boshlanganidan soʻng savdo muomalasini amalga oshirish uchun vazni 4,3 g boʻlgan oltin dinor, maosh va soliqlar toʻlovi uchun vazni 2,8 g. boʻlgan kumush dirhamlar va kundalik savdosotiq uchun mis tangalar — fuluslar zarb etilib, muomalaga chiqarilgan. Amir Temur davrida Samarqandda Tangalar zarb etiladigan maxsus zarbxonalar tashkil etilgan, birinchi marta turkiy nom, yaʼni «tanga» deb atalgan, vazni 4,5—4,7 g boʻlgan kumush Tangalar, vazni 2 g ni tashkil etgan oltin dinorlar va vazni 1,8 g boʻlgan va kumushdan tayyorlangan mirilar zarb etila boshlagan.
1. Amir Temur mis fulusi. Samarkand, 1383-y., ogʻirligi 4, 132 g. 2. Amir Temur va Sulton Mahmud kumush miri, 1388-y., ogʻirligi 1,59 g. 3. Sulton Shoxruh kumush tangasi, Samarkand. 1435-y., ogʻirligi 5,06 g.
19-a. ning 2yarmida Xiva, Buxoro, Qoʻqon xonliklarida oltindan «tilla», kumushdan «tanga», misdan «pul» (chaqa) deb ataladigan Tangalar zarb qilingan.
Qogʻoz pullar paydo boʻlishi bilan muomalada Tanganing roli keskin pasaydi, asosan, 20-a. dan boshlab Tanga qogʻoz pullarni maydalash va mayda toʻlov vositasi yoki mamlakat asosiy pul birligining muayyan qismini (dollaraa sent, lirada chentezimo, dlila tiyin va b.) ifodalaydigan pul birligi vositasi sifatida ishlatila boshladi, oltin va kumush Tangalar chikarilishi toʻxtatildi (maxsus esdalik va yubiley oltin, kumush, platina T. lar bundan mustasno).
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasi — soʻmni muomalaga kiritgandan keyin jezdan yasalgan va qiymati 1, 3, 5, nikel bilan krplangan 10, 20, 50 tiyin boʻlgan Tangalar chiqarildi.
Respublika tarixldan muhim sanalarga bagʻishlab esdalik va numizmatik ahamiyatga ega boʻlgan koʻplab yubiley Tangalar zarb etildi. Dastlab 1994-y. da Mustaqillikning 3 yilligiga bagʻishlab 10 soʻmlik, Ulugʻbek tavalludining 600-yilligiga bagʻishlab 1 soʻmlik, 1996-y. 1-sentyabrda Amir Temur tavalludining 660-y. ligi munosabati bilan oltin va kumushdan 100 soʻmlik hamda 1998-y. da Alisher Navoiy, keyinchalik esa, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Muso AlXorazmiy kabi buyuk allomalar portretlari tushirilgan yubiley Tangalar zarb etildi.
Tangalarni numizmatika fani oʻrganadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga chiqargan tangalar: 1. Qiymati 50 tiyinlik; 2 . 5 soʻmlik; 3. Yusoʻmlik; 4. 50 soʻmlik tangalar.
1 . Oʻzbekiston RespublikasidaUlugʻbekning 600-yillik yubileyiga chikarilgan yubiley tangasi, qiymati 1 soʻm, oltin suvi yuritilgan; 1994. 2. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligiga chiqarilgan yubiley tangasi; qiymati 50 soʻm, oltin suvi yugurtirilgan; 1996.3. Amir Temurning 660-yillik yubileyiga chikarilgan yubiley tangasi, qiymati 100 soʻm, oltin suvi yugurtirilgan; 1996.
Ad.: Zograf A. N., Antichnыye monetoʻ, M. —L., 1951; FedorovDavoʻdov Tanga, Monetoʻ rasskazoʻvayut, M., 1963; Rtveladze E. V., Drevniye monetoʻ Sredney Azii, Tanga, 1987; Numizmatika Uzbekistana, Tanga, 1990; Rtveladze E. V., Velikiy shelkovoʻy put, Tanga, 1999; Rtveladze E. V., Drevniye i rannesrednevekovыye monetoʻ istorikokulturnoʻx oblastey Uzbekistana, Tanga, 2003; Temuriylar sulolasi tangalari, Tanga, 1996.
Fayzulla Mullajonov.