SUYAK SINISHI

SUYAK SINISHI — shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzilishi. Suyak sinishi travmatik va patologik turlarga boʻlinadi. Travmatik Suyak sinishi sogʻlom suyakka toʻsatdan kuchli mexanik kuch taʼsir etishi natijasida roʻy beradi. Patologik Suyak sinishi esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak oʻsmasi, osteomiyelit, osteoporoz va h. k.) oqibatida moʻrt boʻlib qolgan suyakka kucheiz tashqi taʼsir tufayli yuz beradi. Suyak sinishi yopiq yoki ochiq boʻladi. Yo p i q sinishda singan joy sohasidagi teri zararlanmaydi, och i q sinishda esa teri yirtilib, suyak boʻlaklari teridan tashqariga chiqib qoladi. Ochiq Suyak sinishi yopigʻiga nisbatan xavfliroq xisoblanadi, chunki teridagi yirtilgan yara orqali infeksiya singan sohaga kirib qolishi va yiringlashga sabab boʻlishi mumkin. Ochiq Suyak sinishi s, asosan, harbiy qurollar taʼsiri va yoʻltransport halokati tufayli sodir boʻladi.

Singan suyaklar soniga koʻra S. s. lari monotravma (bitta Suyak sinishi) va politravma (bir nechta Suyak sinishi)larga ajratiladi. Suyakning nechta boʻlakka boʻlinishiga qarab oddiy (suyak ikki boʻlakka boʻlinsa) va murakkab (suyak bir necha boʻlakka boʻlinsa) Suyak sinishi qayd etiladi. Suyak boʻlaklarining shakliga koʻra Suyak sinishilari koʻndalang, uzunasiga, qiya, vintsimon, Tsimon, Vsimon, maydalangan boʻladi. Singan suyak boʻlaklari joyidan siljimasligi yoki muskullar qisqarishi natijasida siljib ketishi mumkin. Suyak sinishining faqat bolalarga xos boʻlgan «novdasimon sinish» va epifizeoliz turlari mavjud.

Suyak boʻlaklari atrofdagi qon tomirlari va nerv tolalarini jarohatlashi mumkin. Bir nechta mayda suyaklar yoki bitta yirik suyak (mas, son suyagi, chanoq suyagi) singanda ichki va tashqi qon oqishi tufayli travmatik shok vujudga keladi. Suyak sinishining tashqi koʻrinishdan absolyut (suyak kaltalashuvi, qiyshayishi, sinish sohasida kirtillash) va nisbiy (shish, ogʻriq, funksiyaning buzilishi) belgilari koʻzga tashlanadi.

Seni davolashning konservativ (operatsiyasiz) va operativ usullari mavjud. Konservativ davo usullari (qoʻlda tortib yoki tana tortimi yordamida suyak boʻlaklarini toʻgʻrilash, gips bogʻlam qoʻyish), asosan, oddiy Suyak sinishi larida qoʻllanadi. Murakkab Suyak sinishi larida esa aksariyat hoJshapda operatsiya qilinadi. Operativ davo usullaridan suyak boʻlaklarini metall plastinka, shtiftlar, burama mix va tashqi fiksatsiya apparatlari (mas, Ilizarov apparati) va h. k. bilan mahkamlash keng tarqalgan.

Suyak boʻlaklarining bitishi singan sohada suyak qadogʻi hosil boʻlishiga asoslangan murakkab biologik jarayondir. Bitish muddati qaysi suyak singanligi, suyak boʻlaklarining va atrof yumshoq toʻqimalarining holati hamda organizmning umumiy ahvoliga bogʻliq. Mayda va koʻmik suyaklar yirik va uzun suyaklarga nisbatan, bolalar suyagi esa kattalar suyagiga nisbatan tezroq bitadi. Qariyalarda suyak bitishi sekinroq kechadi.

Suyagi singan joyni tezda mavjud narsalar (karton, faner, taxtacha va b.) yoki shina qoʻyib, ustidan doka, roʻmol yoki bint bilan siqib bogʻlash va bemorni zudlik bilan tegishli kasalxonaga olib borish kerak.


Lotin alifbosida maqola: SUYAK SINISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HARBIY SANʼAT
SUYAK CHIQISHI
TOSHKENT
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты