TANGANIKA — Afrikadagi koʻl, Kongo Demokratax Respublikasi, Tanzaniya, Zambiya va Burundi hududlarida. Mayd. 34 ming km2. Sharqiy Afrika yoriklari zonasidagi tektonik botiqda, 773 m balandlikda. Uz. 650 km, eni 80 km gacha, eng chuqur joyi 1470 m (chuqurligi boʻyicha Baykal koʻlidan keyin 2oʻrinda). Qirgʻokdari tekis, baʼzi joylarda baland va tik. T. ga Malagarasi va Ruzizi daryolari quyiladi. Lukuga va Lualaba daryolari opkali oqib chiqadi. Koʻl suvi chuchuk. Faunasi endemiklarga juda boy. Begemot, timsoh, suzuvchi parrandalar turi koʻp. Atrofida milliy bogʻlar tashkil etilgan. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Portlari: Kigoma, Bujumbura, Kalima. Tanganikaga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1858-y. da ingliz sayyoxlari R. Byorton va J. Spik borganlar.