SUGʻORISH SISTEMASI

SUGʻORISH SISTEMASI — muayyan yer maydonlari va uni sugʻorishga xizmat qiladigan gidrotexnika (suv olish inshootlari, kanallar, truboprovodlar va b.) va yordamchi inshootlar (yoʻllar, koʻpriklar va b.) majmui. Odatda sugʻoriladigan maydonlarda kollektordrenaj tarmogʻi ham qurilishi sababli Sugʻorish sistemasi baʼzan gidromelioratsiya sistemasi xam deyiladi. Sugʻorish sistemasi kompleksiga ularni ishlatish uchun zarur boʻlgan inshootlar, kommunikatsiya va qurilmalar (energiya taʼminoti, aloqa, telemexanika, taʼmirlash bazalari va b.) ham kiradi. Sugʻorish sistemasining suv olish inshootlaridan xoʻjaliklarga suv tarqatadigan inshootlargacha boʻlgan qismi xoʻjaliklararo Sugʻorish sistemasi deyiladi. Uni suv xoʻjaligi tashkilotlari ekspluatatsiya qiladi. Sugʻorish sistemasining suvni tarqatadigan inshootdan sugʻoriladigan dalalargacha boʻlgan va dala ichidagi qismi xoʻjalikning Sugʻorish sistemasi (ichki xoʻjalik S. s.) deyiladi.

Oʻrta Osiyoning Sugʻorish sistemasi sugʻoriladigan maydon kattakichikligi, sugʻorish manbai rejimi, kanal va b. inshootlari texnik darajasi, suv olish usuli, yerlarning meliorativ holati, asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari va b. ga koʻra juda xilmaxil. Tabiiy sharoitlari (joylashish balandligi, relyefi, iqlimi, gidrogeologik tuzilishi, tuproq qoplami va b.)ga koʻra togʻli, togʻoldi, vodiy, delta S. s. bor. S. s. (yoki uning asosiy qismi) ning texnik darajasi boʻyicha injenerlik, yarim injenerlik va noinjenerlik turlari mavjud.

Manbadan suv olish usuliga qarab Sugʻorish sistemasi oʻzi oqar va suvni mashina yordamida koʻtarib oladiganturlarga ajratiladi. Ammo birinchi turdagi Seda ham magistral yoki xoʻjaliklararo kanallardan nasos yordamida chiqariladigan suv bilan katta yer maydonlarini sugʻorish mumkin. Agar sugoriladigan maydonning yarmidan kupi turli darajada shoʻrlangan boʻlsa va har yili shoʻr yuvish talab qilinsa, bunday Sugʻorish sistemasining meliorativ holati yomon hisoblanadi. Sugʻoradigan yer maydoni boʻyicha davlat, viloyatlararo va tumanlararo ahamiyatga ega boʻlgan Sugʻorish sistemasi mavjud (q. Suv xoʻjaligi). Sugʻoradigan maydonning kattakichikligiga qarab, Sugʻorish sistemasi juda kichik (3 ming ga dan kam), kichik (3 — 10), oʻrtacha (1030), katta (3050) va juda katta (50 ming ga dan ortiq) turlarga boʻlinadi. Mac, Oʻzbekistonda Mirzachoʻl S. s. 300 ming ga, Qarshi S. s. 850 ming ga, Ukrainadagi Kaxovka Sugʻorish sistemasi 800 ming ga yerni sugʻorishga moʻljallangan.

20-a. ning oxirlariga kelib jahondagi koʻpgina mamlakatlar (Misr, Braziliya, Hindiston, Eron, Meksika, Pokiston, AQSH, Sudan va b.) da juda katta maydonlarni sugorish imkoniyatini beradigan yirik Sugʻorish sistemasi barpo kilindi.

Masharif Boqiyev.


Lotin alifbosida maqola: SUGʻORISH SISTEMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI
SUV XOʻJALIGI
TOSHKENT
SUGʻORISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты