TANNARX, mahsulot tannarxi — korxonaning maqsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarish. da Tannarxning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish xaki; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va b. sarfxarajatlar. Tannarxga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrashjoylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; i. t. va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va b. ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot T. ini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa maxsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish. va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.
Miyassar Boltaboyeva.