SFERA (yun. sphaira — shar) — barcha nuqtalari fazoning biror O nuqtasidan bir xil R masofada yotadigan berk sirt, O nuqta S. markazi, Sfera markazini uning biror nuqtasi bilan tutashtiruvchi R kesma Sfera radiusi deyiladi. Sfera markazidan oʻtuvchi tekislik uni katta aylana boʻylab kesadi. Sferaga oʻtkazilgan urinma tekislik urinish nuktasiga oʻtkazilgan radiusga tik boʻladi. Yuzi Sq4kR2 ga teng. Fazoning Sfera bilan chegaralangan va uning markazini oʻz ichiga olgan qismi shar deyiladi. Sharning hajmi V — %kRʻ formula bilan ifodalanadi.