TANTALIT

TANTALIT — murakkab oksidlar guruhiga mansub mineral; kolumbittantalit izomorf qatorining chekka aʼzosi (q. Kolumbit). Kimyoviy tarkibi (Gʻye, Mp) (Ta, Nb)2O6. T. da tantal (%da) 1Chdan koʻp boʻladi. Turlari: ferrotantalit (GʻyeO:MpO>3:1, GʻyeOning miqdori 14%gacha); manganotantalit (MnO:FeO>3:1, MpOning mikdori 14%gacha); Sa, Mg, Sn, Ti, kam hollarda W, U, Th va b. izomorf aralashmalar holida boʻladi. Rombik sistemada kristallanadi; kolumbitning struktura tipi. Kristallari ignasimon. Rangi qora, kulrang, qoʻngʻir, qizgʻishjigarrang. Shaffof emas yoki yarim shaffof. Yarim metallsimon yaltiraydi. Sinonimi — ildefonsit, qattiq tantal rudasi. Kolumbittantalit qatorida Ta2O5 miqdori ortishi bilan qonunga binoan fizik xususiyatlari oʻzgarib boradi. Tantalitning qattiqligi 6,5—7 va zichligi 6,2—8,2 g/sm3. Moʻrt. Tantalit kolumbitdan spektrning infraqizil oblastidagi optik konstanta bilan farq qiladi. Genetik jihatdan granitlar, pegmatitlar (kamyob metalli, muskovitli, kvarsdala shpatli va b.), karbonatitlar va ishqorli togʻ jinslari bilan bogʻliq; pegmatitlarda Tantalit albit, lepidolit, berill va boshqalar bilan assotsiatsiyada boʻlib, kolumbitga nisbatan kechki bosqichda kristallanadi. Tantalit asosiy massasining hosil boʻlishi albitizatsiya, manganotantalitniki — lepidolizatsiya jarayoni bilan bogʻliq. Tantalit nurashga chidamli, faqat ellyuvial, kamroq allyuvial sochmalarda toʻplanadi va asosan shu yerning oʻzida qazib olinadi. Tantalit tantalning asosiy rudali minerali (q. Tantal rudalari). T. ning xorijdagi asosiy konlari Kanada, Braziliya, Gʻarbiy Avstraliya, Mozambik, Sharqiy Qozogʻiston va Uralda maʼlum. Oʻzbekistonda Markaziy Qizilqumning pegmatit tomirlarida (1931), Gʻarbiy Oʻzbekistonning ChatqolQurama regioni granitoidlarida va Choqadambuloqning pegmatitlarida kolumbittantalit minerallari uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TANTALIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
TANTAL RUDALARI
TANTAL RUDALARI
INFRAQIZIL NURLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты