SENDBERG

SENDBERG (Sandburg) Karl (1878. 6.1, Geylsberg, Illinoys shtati — 1967.22.7, FletRok, Shim. Karolina shtati) — amerikalik shoir, folklorchi. Dastlabki toʻplami — «Chikago haqida sheʼrlar» (1916). «Gʻalla yanchuvchilar» (1918), «Tutun va poʻlat» (1920) va b. toʻplamlarida jiddiy ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Sendberg sheʼriyati uchun urbanizmga xos obrazlilik, tilining «gazetabopligi», folklor qoʻshiqdariga yaqin boʻlgan erkin sheʼr yaratish maxrrati xarakterlidir («Amerikacha qoʻshiqlar toʻplami», 1927). U. Uitmen anʼanalarida yozilgan «Xalqmi ha!» dostoni yozuvchining 20-a. 30y. laridagi keskin ruhiy holatini ifodalaydi. Keyinchalik uning ijodida falsafiy lirika ustunlik qila boshlaydi («Asal va tuz», 1963). «Xotiralar qoyasi» (1948) tarixiy romani hamda «Avraam Linkoln» tarjimayi holi (1—6j. lar, 1926—39) mashhur.


Lotin alifbosida maqola: SENDBERG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ALISHER NAVOIY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты