TAPAJOS — Braziliyadagi daryo, Amazonka daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi Juruena irmogʻi boshlangan joydan 2200 km, havzasining mayd. 487 ming km2. Juruena (uz. 1000 km) va TelisPiris (SanManuel) daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Braziliya yassitogʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, Amazonka pasttekisligidan oqadi. Oʻzani serostona, sharshara koʻp. Oʻrtacha suv sarfi 15,5 ming m3/sek., noyabrdan martgacha sersuv. SanRuin sh. gacha (quyilish joyidan 300 km masofada) kema qatnaydi.