SYUY BEYXUN

SYUY BEYXUN, Jyu Peon (1895.19.6, Szyansu provinsiyasi — 1953.26.9, Pekin) — xitoy rassomi, 20-a. Xitoy tasviriy sanʼatida yangi yoʻnalish asoschilaridan biri. Shanxayda (otasi Syuy Dachjandan) va 1919-y. dan Parijda taʼlim olgan. Pekindagi BA markazi direktori va Umumxitoy adabiyoti va sanʼati assotsiatsiyasi raisi (1949—53). SB. «gullargullar», «odamlar» janrlarida, akvarel (qogʻoz, tush va b.)da, Xitoyda birinchilardan boʻlib moyboʻyoqsa ijod qilgan; ijodida milliy badiiy anʼanalarni Yevropa realistik rang-tasviri yutuqlari bilan uygʻunlashtirdi, asarlarida mayin ishlangan shakllar kuchli va aniq chiziqlar bilan koʻshilib ketadi. Syuy Beyxunning tabiatni aks ettirgan asarlari («Ot», 1930 va b.) yorqin nafosati bilan ajralib tursa, janrli va tarixiy kompozitsiyalari («Jangoh oʻylari» va b.) qaqramonlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan, portretlari (mehnat aʼlochilari va milliy ozodlik armiyasi qahramonlari)ga oʻtkir ruh va ijtimoiy xususiyatlar xos.


Lotin alifbosida maqola: SYUY BEYXUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
FRANSIYA
HINDISTON
YAPONIYA
RANG-TASVIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты