TARAGʻAYTEPA — antik davrga oid qalʼa xarobasi (1—4-a. lar). Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida, Tentaksoyning chap sohilida joylashgan. 1968-y. va 1982-y. larda tadqiqot ishlari olib borilgan. Kvadrat tarxli (50×50) qalʼa burchaklariga doyra shaklidagi burjlar oʻrnatilgan (bal. 8 m). Taragʻaytepaning yuqori qismidan kushon podsholaridan Vasudeva I va Kanishka III davriga oid tangalar, terrakotadan yasalgan baqtriyalik jangchining bosh qismi, qizil angob bilan sirlangan sopol parchalari topilgan.