TARAGʻOY

TARAGʻOY, Amir Taragʻoy, Taragʻoybek (? — 1360) — Amir Temurning otasi. Chigʻatoy ulusiniig nufuzli beklaridan biri, barlos qabilasi oqsoqollaridan boʻlgan. Taragʻoy ajdodlari Chingizxon va Chigʻashoy saroyiga yaqin boʻlishgan, keyinchalik ular Kesh viloyatini idora etganlar. Taragʻoyning oʻzi ham Amir Hazagʻonning ishonchli beklaridan sanalgan. Chigʻatoy ulusi hukmdorlari tomonidan Ili daryosi boʻyida har yili chaqiriladigan qurultoyga boshqa viloyat beklari qatorida Taragʻoy ham qatnashgan. Taragʻoyning Movarounnahr va Moʻgʻoʻlistondagi mashhur amirlardan doʻstlari koʻp boʻlgan, bu hol keyinchalik Amir Temurga qoʻl kelgan. Taragʻoy beklar xonadoniga mansub boʻlsada, otasi Amir Bargul kabi harbiy ishga mayli boʻlmagan. Taragʻoy taqvodor musulmon boʻlib, koʻp vaqtini darveshlar bilan oʻtkazgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga koʻra, «Taragʻoybek ulamo va sulaho va muttaqiylarga mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…». T. Shamsuddin Kulolnm oʻziga pir tutgan. Taragʻoyning xotini Buxoro fuzalolarining peshvosi — sadr ulsharʼia (shariat qonunlarini shargʻlovchi)ning qizi Takina xotun boʻlgan. Taragʻoy farzandi Temurbekni yoshligidan maxsus murabbiylar nazorati ostiga topshirib, chavandozlik, ovchilik, kamondan oʻq otish, qilichbozlik va b. dan harbiy taʼlim olishiga alohida eʼtibor bergan. Bular uni kelajakda buyuk sarkarda boʻlib yetishida katta rol oʻynagan. T. Kesh (Shahrisabz)dagi oilaviy xilxonaga dafn etilgan. Sohibqiron keyinchalik jome masjid yaqinida, shayx Shamsuddin Kulol maqbarasi yonida yangi makbara qurdirib otasining xokini oʻsha yerga koʻchirgan. Amir Temur harbiy safarlardan qaytishda Keshda toʻxtab, otasi, oʻgʻli Jahongir, piri shayx Shamsiddin Kulol qabrlarini ziyorat qilgan.

Manba: Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Taragʻoy, 1997; Ad.: Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996; Bartold V. V., Sochineniya, t.2(chast 2), M., 1964; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, Taragʻoy, 1995,Radlov V. V., Opыt slovarya tyurkskix narechiy, t. Z, M., 1963.


Lotin alifbosida maqola: TARAGʻOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты