TARZ, fasad — meʼmorlikda bino, inshootning tashqi (old, orqa, yon hovli, bogʻ, koʻcha) tomondan umumiy koʻrinishi. Bosh, yon, orqa Tarz shakli, nisbati, qismlari bino, inshootning qanday maqsadga xizmat qilishiga, atrofdagi muhit, bino, ansamblga muvofiq boʻlishiga, qurilma xususiyatlariga qarab belgilanadi.