SOʻNALAR

SOʻNALAR, soʻqirlar (Tabanidae) — ikki qanotlilarga mansub kalta moʻylov hasharotlar oilasi. Gavdasi kalta va yoʻgʻon, qanotlari keng va kuchli. Ogʻiz organlari sanchuvchiyalovchi, umurtqali hayvonlar terisini oson teshadi. 3000 ga yaqin turi bor. Odatda, oʻrmon, dasht va choʻl mintaqalarida keng tarqalgan, suv havzalariga yaqinroq joylarda uchraydi. Yaxshi uchadi, quyoshli kunduz kunlari faol hayot kechiradi. Koʻpchilik turlarining urogochisi yirik tuyokli hayvonlar, baʼzan odam qonini soʻradi. Chaqqanda ogʻriydi. Xar terini teshib, jarohatlagan joyiga soʻlagini purkaydi. Sulagi tarkibida qonni ivitmaydigan ferment boʻladi. Urgʻochi Soʻnalar oʻz vaznidan 1,5 — 3-marta koʻproq (40—300 mg) qon soʻradi. Erkak Soʻnalar gullar shirasi va b. suyuqliklar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi tuxumlarini suv ustida oʻsgan oʻsimliklar bargiga qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan lichinka suvda, suv tubidagi balchiqda yoki qirgʻoq yaqinidagi nam tuproqsa rivojlanadi; chiriyotgan oʻsimlik qoldigʻi yoki mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Soʻnalar tulyaremiya, kuydirgi, otlar anemiyasi kasalliklarining qoʻzgʻatuvchilarini yuqtiradi. Yomgʻir S. i, tillakoʻz S, haqiqiy S urugʻlarining turlari keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Soʻnalarning 6 uru/ga mansub 53 turi uchraydi. Asosiy turlari: hoʻkiz S. i, kulrang S, bugʻu S. i.


Lotin alifbosida maqola: SOʻNALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
OKEAN
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты