TARIXIY GEOLOGIYA

TARIXIY GEOLOGIYA — geologiyaning Yer pusti va Yerning geologik tarixi va rivojlanish krnuniyatlarini butunligicha oʻrganuvchi sohasi. Tarixiy geologiya geologik fanlar: stratigrafiya, paleontologiya, litologiya, petrologiya, geokimyo, tektonika, geofizika va regional geol. ning xulosalariga tayanadi. Tarixiy geologiyaning asosiy vazifalari — Yer pusti shakllanishining asosiy bosqichlarini oʻrganish, togʻ jinslari gʻosil boʻlishining ketma-ketligini belgilash, tirik organizm dunyosi rivojlanish bosqichlarini oʻrganish, endogen va ekzogen jarayonlar vaqtida paydo boʻladigan qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Tarixiy geologiya foydali qazilmalarni hosil boʻlish sharoitlarini va ularni vaqtvaqti bilan oʻzgarishlarini oʻrganib, bular orqali baʼzi foydali qazilmalarni qidirish va bashoratlash uchun material tayyorlab beradi. Tarixiy geologiya Yer pusti strukturasining shakllanish tarixi (tarixiy geotektonika)ni ham oʻrganadi, bunda Yer poʻstining harakatlari va tektonik deformatsiyalari Yerda boʻladigan oʻzgarishlarning muhim omillari hisoblanadi. Tarixiy geologiya chuqur magmatizm, vulkanizm va metamorfizmning rivojlanishi Yer poʻstining deformatsiyasi bilan qonunan bogʻlanganligi masalalarida genetik petrografiyaga yaqindan yondashadi. Tarixiy geologiyada boshqa boʻlimlardan ilgari stratigrafiya boʻlimi tuzilib, 19-a. ning boshlarida alohida mustaqil fan boʻlib shakllangan. 19-a. ning 2yarmida Ch. Darvin, Ch. Layel tadqiqotlari natijasida geol. ga evolyutsion taʼlimot kirib keldi. Tarixiy geologiyaning fan soxasi boʻlib shakllanishi shu davrga toʻgʻri keladi. Geologik jarayonlarning asosiy rivojlanish krnuniyatlari (geosinklinal va platformalarning vujudga kelishi va oʻzgarishi, materiklarning shakllanishi, Yer tarixida magmatizm xarakterining oʻzgarishi va b.) T. g. da yoritilgan, Yer pusti va planetaning toʻliq rivojlanishida umumiy yoʻnalish belgilangan. Tarixiy geologiya rivojlanishiga J. Kyuvye, U. Smit, shveysariyalik geolog A. Gresli hamda rus olimlari A. P. Karpinskiy, V. O. Kovalevskiy, N. M. Straxov va b. salmokli hissa qoʻshdilar. Bu sohada H. M. Abdullayevning ruda mintaqalari haqidagi nazariyalari ham muhim ahamiyatga ega boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: TARIXIY GEOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOLOGIYA
TEKTONIKA
STRATIGRAFIYA
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты