SOʻX SVITASI

SOʻX SVITASI — quyi toʻrtlamchi davrga mansub yotqiziklar, 1932-y. mustaqil svita sifatida ajratilgan. Soʻx svitasi Fargʻona, Isfara, Shohimardon atroflarida, Norin daryosi vodiysida mavjud, qalinligi 1000 m gacha. Soʻx svitasi s, asosan, qum, shagʻal va konglomeratlardan tarkib topgan. Svita jinslari yura, boʻr va uchlamchi davr yotqiziqlarining yuvilishi va oqin suvlar faoliyati natijasida vujudga kelgan. Soʻx svitasi yotqiziqlari qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: SOʻX SVITASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YURA SISTEMASI
BOʻR SISTEMASI
NORIN
TOʻRTLAMCHI SISTEMA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты