TARTU

TARTU — Estoniyadagi shahar. Emayiga daryosining har ikkala sohilida, Tallindan 187 km jan. sharkda. Dare porti. Tartu va shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 100,1 ming kishi (2000). Tartu 5-a. dan maʼlum, 1030-y. manbalarida Yaroslav Mudriy qayta kurgan Yuryev kalʼasi sifatida tilga olinadi. 1224— 1893-y. larda Derpt, 1893-y. dan yana Yuryev, 1919-y. dan Tartu deb atalgan. 1941-y. 24-iyuldan 1944-y. 25 avg. gacha Tartuni nemis fashistlari egallab turgan. Urushdan keyingi yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat ahamiyati jihatidan va madaniy markaz sifatida T. Estoniyaning Tallindan soʻng 2shahri. Asosiy sanoat korxonalari: priborsozlik zdi, «Voʻyt» qishloq xoʻjaligi. mashinalari zdi, temirbeton buyumlar zdi, sut va goʻsht ktlari, shuningdek, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, polifafiya sanoati korxonalari. Tartuda Tartu universiteti va Estoniya qishloq xoʻjaligi. akademiyasi, 5 muzey, musikali drama teatri bor. T. ning meʼmoriy qiyofasi 19—20-a. larda vujudga kelgan. Koʻpchilik binolari klassik uslubda qurilgan (jumladan, Ratusha, 1789-y.). Gotika uslubida qurilgan ikki inshoot — Yaan cherkovi hamda PyotrPavel sobori saklanib qolgan (ikkalasi ham 13— 14-a. lar).


Lotin alifbosida maqola: TARTU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ESTONIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты