TARTU UNIVERSITETI

TARTU UNIVERSITETI — Estoniyadagi yirik va qad. oliy oʻquv yurti. Tarixi 1632-y. Tartuda tashkil etilgan va 1710-y. gacha faoliyat yuritgan Gustavian akademiyasidan boshlanadi. 1802-y. Derpt unti nomi bilan qayta ochilgan. 1893—1919-y. larda Yuryev unti deb nomlangan. 1919-y. dan hoz. nomda. 1918-y. T. u. ning Voronejga evakuatsiya qilingan boʻlimi negizida Voronej unti, 1946-y. unt boʻlimlari asosida Estoniya FA ning bir necha i. t. instituta, 1951-y. Estoniya Q. x. akademiyasi tashkil topgan. Fizika, mat., kimyo, biol., tibbiyot, geogr., tarix, filol., iqtisodiyot, huquq, ped. va b. ixtisosliklar, shuningdek teologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta muammoli va soha lab. lari, botanika bogʻi, muzeylari, kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar) mavjud. 7 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. «Ilmiy asarlar» nashr etadi.


Lotin alifbosida maqola: TARTU UNIVERSITETI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TARIX
OLIY OʻQUV YURTLARI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты