TARF

TARF — yogʻi olinmagan qatiqdan tayyorlanadigan mahsulot. T. tayyorlash uchun yangi soʻyilgan qoʻy yoki echki korni namakobda ivitilib, soʻngra ich tomoni qirib, yaxshilab yuvibtozalanib, puflab shishirilgan holda tayyorlab qoʻyiladi. Bahor — yoz mavsumida ivitilgan chuchuk qatiq 1—2 kun oralatib qoringa solinib, salqinroq joyda saqlanadi. Qorin toʻlganidan keyin ogʻzi magʻkam berkitilib, osib qoʻyiladi. Issiq taʼsirida qatiq zardobi qorin kapilyarlaridan bugʻlanib ketadi, qorinda esa mazali Tarf hosil boʻladi. Tarf asosan qishda isteʼmol qilinadi. Azaldan chorvadorlar tayyorlab kelgan. Oʻzbekistonning ayrim qishloklarida xonadonlarda hozir ham tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TARF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Xo'ja guruhi - Bahor
ICH TERLAMA
ITALIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты