TASMANIYA

TASMANIYA — Avstraliyaning jan. sharqiy qirgʻogʻi yaqinidagi orol. Materikdan Base boʻgʻozi orqali ajralgan. Atrofidagi orollar bilan Avstraliyaning Tasmaniya shtatini tashkil etadi. Shtat mayd. 68,4 ming km2. Aholisi 470 ming kishi (2000), asosan, inglizavstraliyaliklar. Maʼmuriy markazi — Xobart sh. Orol qirgʻoklari qoyali, tik. Markaziy qismi oʻrmonlar, baland boʻyli oʻtlar bilan qoplangan plato, eng baland joyi 1617 m (Ossa togi). Iqlimi shim. da subtropik, jan. da moʻtadil nam iklim. Yiliga 600—2100 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari sersuv va serostona. Tuproklari qoʻngʻir oʻrmon, togʻoʻtloqi sariq va qizil tuproq. Evkaliptli va igna bargli oʻrmonlar, oʻtloq va botqoqliklar bor. Hayvonot dunyosi Avstraliya zoogeografik oblastit mansub.

Tasmaniya — mamlakatning sanoati rivojlangan shtatlaridan. Energiya koʻp talab etuvchi sanoat tarmoklari yetakchi oʻrinda. GES koʻp. Foydali qazilmalardan mis, temir, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, oltin, mis, toshkoʻmir qazib olinadi. Yirik rangli metallurgiya korxonalari, sellyulozaqogʻoz, toʻqimachilik va oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Yogʻoch tayyorlanadi. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Q. x. da chorvachilik (koʻychilik, qoramol boqish) yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, yemxashak ekinlari, donli ekinlardan bugʻdoy ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy porti — Xobart.

Orol 1642-y. dagi A. Tasman ekspeditsiyasidan keyin yevropaliklarga maʼlum boʻlgan. 1788-y. da Angliya mustamlakasi deb eʼlon qilingan. 1853-y. gacha VanDimen Yeri, oʻsha yildan Tasmaniya deb atalgan. 1815-y. da Tasmaniyaga oʻzinioʻzi boshqarish huquqi berilgan. 1901-y. da Avstraliya Ittifoqi tuzilgach, Tasmaniya uning tarkibiga shtat boʻlib kirdi.


Lotin alifbosida maqola: TASMANIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AVSTRALIYA
ROSSIYA
XITOY
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты