TASTIBUTOQ QABRISTONI

TASTIBUTOQ QABRISTONI — jez davrita oid yodgorlik (mil. av. 13—12-a. lar). Gʻarbiy Qozogʻistondagi Tastibutoq daryochasi sohilidagi Tastibutoq ovuli yaqinidan topilgan. 3 yodgorlikdan iborat. Tastibutoq I va II qabriston, IIIesa, manzilgoh. Arxeolog V. S. Sorokin qazishma ishlari olib borgan (1956—58). 57 ta qoʻrgʻon ochilgan, yuzga yaqin qabr qazilgan, ularning 10 tasi tosh qutidan, qolganlari esa yorma goʻrlardan iborat. Qabrlardan sirtiga chizikli geometrik shaklda naqsh berilgan sopol idishlar, jez munchoqlar, bilaguzuklar, pichoqlar, bigizlar va turli taqinchoklar topilgan. Aholi chorvachilik, qisman ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. Tastibutoq qabristonidan chiqqan materiallar uning Andronovo madaniyatigg mansub qabilalar bilan genetik jihatdan birligini koʻrsatdi.


Lotin alifbosida maqola: TASTIBUTOQ QABRISTONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
IBTIDOIY JAMIYAT
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты