TATAR TILI

TATAR TILI — turkiy tillardan biri. Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida, Boshqirdiston, Chuvashiston, Mariy El, Udmurtiya, Mordoviya respublikalari va koʻplab viloyatlarining ayrim tumanlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyoda, Qozogʻiston va Ozarbayjon respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7 mln. kishiga yaqin (20-a. oxiri). Sezilarli fonetik va morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 3 lahjasi bor: oʻrta, gʻarbiy (yoki mishar), sharqiy (yoki sibir tatarlari lahjasi).

Tatar tili fonetikasi 10 unli fonemaning mavjudligi, labtish v fonemasining, ch qorishiq undoshining yoʻkligi, baʼzi unlilar pozitsiyasining umumturiy holatdan farqlanishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasida analitik zamon shakllari, yetakchi feʼlning koʻmakchi feʼllar bilan qoʻshilib, harakatning davomiyligi, jadalligi, tugallangantugallanmaganligi kabi maʼnolarni ifodalashi keng tarqalgan. Leksikasida arabcha, forscha, ruscha va rus tili orqali oʻzlashgan baynalmilal soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Eski adabiy Tatar tili yozma yodgorliklari 13-a. ga mansub. 19-a. ning oʻrtalaridan adabiy til xalq tili bilan yaqinlasha boshlaydi. Hoz. adabiy Tatar tili fonetik va leksik jihatdan oʻrta lahjaga, morfologik jihatdan gʻarbiy lahjaga yaqin. Yozuvi 1927-y. gacha arab grafikasi, 1927—39 y. larda lotin grafikasi, 1939-y. dan rus grafikasi asosida shakllangan.

Ad.: Sovremennыy tatarskiy literaturnыy yazыk. Leksikologiya fonetika, morfologiya, sintaksis, M, 1969—71; Tatarskaya grammatika v tryox tomax, Kazan, 1993.


Lotin alifbosida maqola: TATAR TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
OSIYO
TATARISTON
OZARBAYJON
FEʼL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты