SVEYG

SVEYG (Zweig) Arnold (1887.10.11, Gros-Glogau, Polsha 1968.26.11, Berlin) nemis yozuvchisi va jamoat arbobi. 1907—15 y. larda Broslau, Myunxen, Berlin un-tlarida oʻkigan. 1933-y. dan antifashist sifatida muhojirlikda, 1948-y. dan Berlinda yashagan. «Klavdiya haqidagi novellalar» (1912) romanida, hikoyalar, kissalar, dramalarida anʼanaviy realizm va modernizm belgilari kuzatiladi; romanda sanʼat bilan voqelik, ijod bilan pul hukmronligi orasidagi ziddiyat tasvirlanadi. «Oq odamlarning katta urushi» ijtimoiy-psixologik epopeyasi (6 romandan iborat, 1927—57), jumladan, «Unter Grisha haqidagi mojaro» (1927), «Verdenda olingan tarbiya» (1935) romanlari 1913—18 y. lar voqealarini qamrab olgan va «kichik odam»ning urush paytidagi muammolariga bagʻishlangan. Shu turkumdagi «Vandsbek boltasi» (1943, ivrit tilida) romanida esa fashizmga xizmat qilgan nemis mayda burjua tabaqalarining axloqiy tubanliklari fosh etilgan.


Lotin alifbosida maqola: SVEYG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
TOSHKENT
POLSHA
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты