TAFT

TAFT (Taft) Uilyam Xouard (1857.15.9 — 1930.8.3) — AQSH davlat arbobi. Yell kolleji (1874—78) va Sinsinnatidagi yuridik maktabda (1878—80) oʻqigan. Advokat, sudya boʻlgan. 1901—04 y. larda Filippin o. lari gubernatori. 1904—08 ylarda Taft Ruzvelt hukumatida harbiy vazir. 1909—13 y. larda respublikachilar partiyasidan saylangan AQSH prezidenti. Taft hukumati Lotin Amerikasi davlatlarini AQSHga karam ettirish yoʻlini tutgan. 1912-y. dagi prezident saylovida magʻlubiyatga uchragan. Birinchi jahon urushi yillarida (1914—18) mehnat masalalari boʻyicha Milliy harbiy boshqarma rahbari. 1921-y. dan AQSH Oliy sudi raisi. Shtatlar huquqini himoya qilish bahonasida sanoatda bolalar mehnatidan foydalanishni cheklashga qarshi boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: TAFT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
XITOY
FILIPPIN
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты