SELOSTAT

SELOSTAT (lot. caelum — osmon va yun. statos — qoʻzgʻalmas) — osmon gumbazining sutkalik koʻrinmas harakati tufayli joyini oʻzgartiradigan osmon yoritqichlarini kuzatishga imkon beruvchi qoʻshimcha astronomik asbob. Aylanib turuvchi yassi koʻzgusi boʻlib, u yoritqich nurini qoʻzgʻalmas teleskopga yoʻnaltirib beradi. Asosan, Quyoshni kuzatish uchun ishlatiladi. Selostatning ekspeditsion (olib yursa boʻladigan) va statsionar (muqim) turlari bor. Ekspeditsion Selostat, asosan, Quyosh tutilishlarini kuzatishga moslashgan boʻlib, quyosh nurini teleskop obyektiviga yoki kamera koʻzgusiga yoʻnaltirib beradi. Statsionar Selostatlarni qoʻshimcha yassi koʻzgu bilan ishlatishga toʻgʻri keladi. Selostat kuyosh teleskoplarida, spektrogelioskoplarda ishlatiladi. Toshkent astronomiya in-tida Selostat kurilmali spektrogelioskop, gorizontal quyosh teleskopi bor.


Lotin alifbosida maqola: SELOSTAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ASTRONOMIYA
QUYOSH
QUYOSH TELESKOPI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты