TAXO

TAXO, Teju — Ispaniya va Portugaliyadagi daryo, Pirenei ya. o. da eng uzun. Uz. 1010 km, havzasining mayd. 81 ming km2. Meseta yassitogʻligini sharqdan gʻarbga tomon kesib oʻtib, quyi oqimida Portugaliya pasttekisligidan oqadi va Atlantika okeaniga estuariy hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sart. fy Portugaliya bilan Ispaniya chegarasi yaqinida 438 m3/sek., noyab. dan mart oyigacha sersuv. Taxoga GES va suv omborlari qurilgan. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Quyilish joyidan boshlab 185 km masofada kema qatnaydi. Taxo boʻyida Toledo (Ispaniya) va Portugaliya poytaxti Lissabon sh. lari joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TAXO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PORTUGALIYA
TOSHKENT
SIRDARYO
AMUDARYO
ATLANTIKA OKEANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты