TAXTAKOʻPIR TUMANI

TAXTAKOʻPIR TUMANI — Qoraqal pogʻiston Respublikasidagi tuman. 1928-y. may oyida tashkil qilingan. 1963-y. T. t. tugatilib, Chimboy tumaniga birlashtirilgan. 1965-y. oʻz nomi bilan Chimboy tumanidan ajralib chiqqan.

T . t. janubdan Beruniy, jan,sharqsan Ellikqalʼa, gʻarbdan Qoraoʻzak, shim. gʻarbdan Moʻynoq tumani, shim. sharqdan Qozogʻiston Respublikasi va sharqsan Navoiy viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 42,6 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Taxtakoʻpir), 8 ovul fuqarolar yigʻini (Beltov, Janadaryo, Mulik, Otakoʻl, Taxtakoʻpir, Qoraoy, Qorateran, Qoʻngʻirotkoʻl) bor. Markazi — Taxtakoʻpir shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimi chap sohilida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik va Beltov qirlaridan iborat. Shim. sharqi Qizilqum choʻli bilan tutashadi. Tumanda Borshining togʻi (balandligi Qorateran koʻlining yuzasidan 35—37 m, Qizilqum bilan tutashgan joyda), Miskin, Jalanash qumi, Amanda, Oqqum tepaliklari, Qorataqir, Shertaktaqir tekisliklari mavjud.

Qizilqum choʻli qoʻylar uchun asosiy yaylov hisoblanadi. Beltovda qurilish materiallaridan gips, shagʻal va b. bor. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha tra 11°. Yanv. ning oʻrtacha trasi —6°, eng past tra —35°. Iyulning oʻrtacha trasi 27°, eng yuqori tra 43°. Yillik yogʻin mikdori 100 mm, asosan, qish va bahorda yogʻadi. Tuman ekinzorlari Qizketgan kanalidan ajralib chiqqan Quvonchyorma kanali va uning tarmoklari (Timpiy, Boʻzyop, Jilvonyop, Badrakyop)dan sugʻoriladi. Eng yirik Qorateran koʻlida (mayd. 126 km2) baliq urchitiladi. Togʻ etagidagi bu koʻl sohillari dam olish joyi hisoblanadi. Undan tashqari Otakoʻl, Mavdak, Echkioʻlgan, Qorakoʻl, Aqbas va b. koʻllar bor. Tuproqpari botqoq, oʻtloqi botqoq, shoʻr, boʻz, taqir, sur, qoʻngʻir va qumli tuproklardan iborat. Qumliklarda saksovul, selin, quyonsuyak, qizilcha, yantoq, oqbosh, ajriq, qoraborak, turangʻil, jiyda, yulgʻun, tol, Beltov qirlarida oqshuvoq va shoʻralar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, quyon, jayran, boʻri, tulki, chiyaboʻri, boʻrsiq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; sudraluvchilardan ilonlar, har xil kaltakesaklar, toshbaqa; qushlardan tuvaloq, toʻrgʻay, chumchuq, qargʻa, burgut, boyoʻgʻli, toʻqaylarda qiryuvul, qarchigʻay, qirgʻiy, koʻllarda gʻoz, oʻrdak va b. uchraydi. Baliqlardan sazan, laqqa, oq amur, oq qayroq (jerex) va b. koʻp, ondatra ham bor.

Aholisi ning asosiy qismini qoraqalpoq va qozoqlar tashkil etadi, shuningdek, oʻzbek, qirgʻiz, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 2 kishi. Shaharliklar 17,1 ming kishi, qishloq aholisi 25,5 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman iqtisodiy negizini paxtachilik va chorvachilik tashkil etadi. Taxtakoʻpir tumanida «Taxtakoʻpirdon» sanoat korxonasi, 123 ta kichik va oʻrta xususiy korxonalar, 7 aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpogʻiston — Qozogʻiston «Taxtaqishloqmash» qoʻshma korxonasi, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Elektr energiya Taxiatosh issiklik elektr styasidan olinadi.

Tuman qishloq xoʻjaligi. asosan, paxtachilik, gallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sholikorlikka va qorakoʻlchilikka ham jiddiy eʼtibor berilmoqda, shuningdek, bogʻdorchilik, sabzavot va polizchilik ham rivojlangan.

Taxtakoʻpir tumanida 32,7 ming ga maydonda dehqonchilik qilinadi. Paxta, don, sholi, kartoshka, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi. Tumanda 10 shirkat, 264 fermer xoʻjaligi, 1 fermer xoʻjaliklar uyushmasi mavjud. Shundan 4 shirkat xoʻjaligi qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan, qolganlarida, paxta, sholi bugʻdoy yetishtiriladi. 264 fermer xoʻjaligidan 254 tasi dehqonchilik, 3 tasi bogʻdorchilik, 7 tasi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tuman xoʻjaliklariga 5 muqobil MTP xizmat koʻrsatadi.

Tuman va jamoa shaxsiy xoʻjaliklarida 3997 qoramol (shundan 1316 sigir), 40255 qoʻy boqiladi (2004), shuningdek, tuya, yilqi, echkilar ham bor. 2003/2004 oʻquv yilida 23 umumiy taʼlim maktabida 10446 oʻquvchi taʼlim oldi. Musika maktabi, 2 kasbhunar kolleji, choʻpon bolalar maktabinternati, test markazi mavjud. Madaniyat uyi, 25 kutubxona, 10 klub muassasasi faoliyat koʻrsatadi.

Tuman markaziy kasalxonasi (235 oʻrin), bolalar kasalxonasi, qishloq kasalxonasi, stomatologiya poliklinikasi, 13 feldsherakusherlik punkti, 6 qishloq vrachlik punkti ishlab turibdi (2004). Taxtakoʻpir tumanida «Aydos qala» sanatoriysi bor. «Taxtakoʻpir tongi» tuman gaz. (qoraqalpoq tilida) chiqadi.


Lotin alifbosida maqola: TAXTAKOʻPIR TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
QOZOGʻISTON
BERUNIY
ELLIKQALʼA TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты