SERKOSPOROZ

SERKOSPOROZ — Cercospora avlodiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Oʻsimlik barglarida turli oʻlcham, shakl va rangdagi dogʻlar paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi. Kasallik kuchli rivojlanganda barglar qurib qoladi. Serkosporoz qoʻzgʻatuvchilari vegetatsiya davrida tarqaladi, oʻsimlikning zararlangan qoldikdarida qishlaydi. Eng koʻp tarqalgan va zararlilari lavlagi, kartoshka, tok va mevali daraxtlar Serkosporoz laridir. Kurash choralari: kartoshka va lavlagi dalalarida hosil yigʻilgandan keyin maydonni tozalash, fosfor-kaliyli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, fungitsidlar purkash; mevali daraxtlar va toklarning zararlangan qismlarini va toʻkilgan barglarini yoqib yuborish; shoxlarni qirqish; fungitsidlar bilan ishlov berish.


Lotin alifbosida maqola: SERKOSPOROZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALIYLI OʻGʻITLAR
YER
MINERAL OʻGʻITLAR
ZAMBURUGʻLI KASALLIKLAR
KARTOSHKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты