TAXTIRAVON

TAXTIRAVON (taxt va fors, ravon — yuruvchi) — qad. va oʻrta asr Sharq mamlakatlarida 2 uzun yogʻochga oʻrnatilib koʻtarib yuriladigan oʻrindiq. 2 uchidan 2 kishi kutarib yurgan. Taxtiravonda podsho, xon, amir, lashkarboshi, turli amaldorlar, shuningdek, malikalar, badavlat xonadonlarga mansub ayollar koʻtarib yurilgan. Taxtiravon keyinchalik Sharqdan Gʻarb mamlakatlariga, xususan, Yunonistonga (mil. av. 4-a.), Rimga (mil. av. 1-a.) oʻtgan. Dastlab Taxtiravondan ayollar va bemorlar foydalanishgan. Rim imperiyasida dabdababozlik belgisi hisoblangan (serhasham bezatilgan, koʻtarib yuruvchining tashqi qiyofasi, kiyimi bir xil boʻlishiga eʼtibor berilgan).


Lotin alifbosida maqola: TAXTIRAVON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
KIYIM
TEMURIYLAR
TOSHKENT
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты