TAXURAR

TAXURAR — faqat xotinqizlar ishtirokida oʻtkaziladigan toʻy marosimidagi odatlardan biri. Taxurar oʻgʻil (sunnat) va nikoh toʻyiga atab qilingan yangi koʻrpatoʻshaklarni taxmondagi sandiq ustiga yigʻish — taxt urishga bagʻishlangan:

1) Toshkent va Fargʻona vodiysida faqat xatna (sunnat) toʻyi marosimida utkazilgan. Bolani xatna kilishdan bir kun oldin bezatilgan xonaning taxmoni ustiga 8 ta yangi tikilgan koʻrpa, bitta koʻrpacha va 2 ta yostiq taxlanib namoyish qilingan. 2kuni toʻy oʻtib boʻlgach, bolani sunnat qilish vaktida taxt urilgan taxmondan toʻshak, koʻrpa olinib bolani sunnat qilish uchun joy hozirlangan;

2) Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining ayrim tumanlarida nikoh toʻyidan keyin 3 kun oʻtgach, kelin va kuyovga qilingan yangi koʻrpatoʻshaklar bezatilgan xonaning toʻriga sandiq ustiga taxlab qoʻyilgan. Soʻng Taxurar marosimi utkazilgan. Marosimga faqat ayollar chaqirilgan. Ularga taomlar va shirinliklar tortilgan, mehmondorchilik tugagach, goʻshanga (chimildiq) yigʻib olingan. Shu bilan Taxurar tugagan.


Lotin alifbosida maqola: TAXURAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
XORAZM VILOYATI
OʻZBEKLAR
Dildora Niyozova - Kelin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты