TASHXIS (arab. — shaxslantirish) — jonlantirish badiiy sanʼatining bir turi; turli narsalar, hayvonlar, qushlar, oʻsimliklar va b. ga insoniy xususiyatlarni koʻchirish sanʼati. Tashxis ogʻzaki nutqda ham, badiiy asarlarda ham keng qoʻllanadi. Tashxis badiiy tasvirning aniqroq, yorqinrok, boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbek folklori, mumtoz adabiyoti hamda hoz. sheʼriy va nasriy asarlarda Tashxisning goʻzal namunalari uchraydi. Mas: Bahor elga ayshu manga iztirob, Kulub holima barq, yigʻlar sahob.
Ushbu baytda barq (chaqmoq) va sahob (bulut) jonlantirilmoqda.
Ad. Hojiahmedov A., Mumtoz badiiyat malohati, Tashxis, 1999; Rahmonov V., Sheʼr sanʼatlari, Tashxis, 2001.