TAʼLIMNING SINF-DARS TIZIMI

TAʼLIMNING SINF-DARS TIZIMI — maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda oʻquvchilar yosh xususiyatlari va oʻqish muddatlariga koʻra muayyan sinflarga ajratilib, taʼlim oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dare shaklida olib boriladi. Taʼlimning sinf-dars tizimi individual taʼlim oʻrnida vujudga kelib, uning ayrim belgilari qad. maktablarda ham mavjud boʻlgan. 10-a. ga kelib, Arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr singari mamlakatlardagi maktablarda amaldagi «imlo» usuli oʻrniga «tadris» usuli joriy etilishi har bir oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishga asoslangan oʻqitish tizimi oʻrniga taʼlimning muayyan mikdordagi bolalar jamoasi bilan birvarakayiga olib borilishi moʻljallangan dare shaklini yuzaga keltirdi. Lekin islom ped. sida dare tushunchasi mavjud boʻlgani hodda sinf tushunchasi qatʼiy emasdi. Taʼlimning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan toʻla asoslab, oʻqitish amaliyotiga tatbiq etgan kishi buyuk chex pedagogi Ya. A. Komenskiy boʻlgan. U oʻzining «Buyuk didaktika» (1632), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1653) asarlarida oʻqitishning sinfdars tizimini har jihatdan asoslab berdi. Bunga koʻra, oʻquvchilarni maktabga qabul qilish vakti, bola yoshi, oʻqishning boshlanish va tugallanish payti, oʻquvchilarning oʻqish vakti qatiy chegaralanadigan, mashgʻulotlar rejaga muvofiq muayyan tartibda tashkil etiladigan boʻldi. Tanaffus, taʼtil singari tushunchalar Ya. Komenskiy tavsiyalariga muvofiq joriy etilgan. Taʼlimning sinf-dars tizimi 19-a. ga kelib Yevropaning koʻplab mamlakatlarida maktab taʼlimining yetakchi tizimiga aylandi.

Taʼlimning sinf-dars tizimi Oʻzbekistonda 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida jadidlar tashkil etgan yangi usul maktablarida joriy etildi. Ungacha yil davomida maktabga yangi oʻquvchilar qabul qilinavergan, turli yoshdagi bolalar guruhlarga ajratilmay, birga oʻqitilavergan. 20-a. boshlarida dunyoning koʻpgina davlatlarida majburiy taʼlim joriy kilinishi Taʼlimning sinf-dars tizimining keng yoyilishiga sabab boʻldi. Sinflarni tashkil etishda asosiy koʻrsatkich bolalarning yosh va rivojlanish darajasidagi umumiy jihatlardir. Ayni vaktda, bir xil yoshdagi bolalar oʻrtasida taraqqiyotning turli darajasida bulganlar borligi uchun ham sinflarni jamlashda turli tajribalar qilib koʻrildi. AQSH va Buyuk Britaniya singari mamlakatlarda oʻquvchilar qobiliyatiga qarab parallel sinflarga taqsimlandi. Bu hol «kuchli», «oʻrta» va «bush» sinflarni vujudga keltirib, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishni har xillashtirdi.

Taʼlimning sinf-dars tizimida oʻquvchi bir dareda oʻzlashtirishi kerak boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni belgilab olish, uni bolalarga yetkazish tartibini tayin etish, oʻquv materiallarini tizimli ravishda taqsim etish nisbatan oson amalga oshiriladi. Unda oʻquvchilar faolligini oshirish imkoniyati ham koʻp. Chunki yosh va akliy imkoniyatlari bir-biriga yaqin boʻlgan bolalar oʻquv jarayonida tortinmay, faol ishtirok etishi mumkin. Shuningdek Taʼlimning sinf-dars tizimi mashgʻulotlarni uyushtirishning ekskursiya, lab. ishlari, kuzatish singari shakllaridan foydalanishni ham inkor etmaydi. Taʼlimning sinf-dars tizimi umumtaʼlim maktablaridan tashqari, oʻrta maxsus va oliy taʼlimda ham qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TAʼLIMNING SINF-DARS TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IROQ
ISLOM
BUYUK BRITANIYA
SURIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты